Ushbu maqola muqaddimasida “ imij” so’zining lug’aviy ma’nosi, uning hayotimizning bir bo’lagiga aylangani haqida so’z borib, uning butun dunyodagi tamoyillari, ko’rinishlariga baho beriladi. O’zbekistonning imiji yaxshilanishi har bir xorijga chiqqan vatandoshimiz o’zining o’zbek ekanligini va o’zbekistonlik ekanligini har lahza yodida tutsa, birovlar bilan muomalada ham, biznesda ham mamlakatimiz, millatimiz va dinimiz sha’nini munosib tutsa, adolatli, halol va vijdonan o’zini ko’rsatsa, shunda o’sha chet elda O’zbekiston va o’zbek imidji yaxshilanishi,shuning barobarida davlat o’z xalqining insoniy huquq va erkinliklarini himoya qilsa, sudlar adolatli bo’lsa, huquqni himoya qilish idoralarining o’zidan xalqni himoya qilishga to’g’ri kelmasa, mehnatkash xalqning mulkiy huquqlari muhofaza qilinsa, xalqning arzu dodiga quloq solinsa, siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquqlar ta’minlansa, o’shanda O’zbekistonning dunyodagi imidji yuksalishi haqida so’z boradi.